Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo'limi

    Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.

    Bo‘lim xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ta’lim sohasidagi davlat siyosati va manfaatlarini namoyon qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Hujjat almashinuvi va axborot almashinuvini takomillashtirish ishlarida ishtirok etadi;
  • markazning markaziy apparati yig‘ilishi kun tartibiga muhokama uchun takliflar kiritadi;
  • vazirlik miqyosida AKTga oid masala va muammolarning yechimida qatnashadi va takliflar kiritadi;
  • vazirlik hay’at majlisi qarorlari, buyruqlari va markaz buyruqlari, ish rejasida belgilangan vazifalar monitoringini olib boradi;
  • markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha vazirlik va tegishli idoralarga hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydi;
  • bo‘lim funksiyasiga tegishli barcha tashkiliy-idoraviy hujjatlarni tayyorlaydi;
  • AKTga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganadi va ommalashtirishda ishtirok etadi;
  • vazirlik va boshqa tashkilotlarga AKT yo‘nalishida ekspertlik xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etadi;
  • ta’limga oid elektron axborot va dasturiy ta’minotlar targ‘ibotini amalga oshiradi;
  • xalq ta’limi tizimida va markazda AKTni rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqadi;
  • AKT yo‘nalishlari bo‘yicha respublika miqyosida tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
  • xalq ta’limi tizimiga tavsiya etilayotgan dasturiy mahsulotlar, elektron darsliklarning sifati bo‘yicha nizom va texnik talablar asosida xulosalar beradi yoki xulosalar tayyorlashda ishtirok etadi;
  • xalq ta’limi tizimiga AKTni joriy etish bo‘yicha o‘quv-seminarlar hamda xalqaro simpoziumlar, konferensiyalarni tashkil qilishda ishtirok etadi;
  • multimedia ilovalarini yaratishda va foydalanish uchun o‘quv-uslubiy materiallar, yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va kerakli texnik hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • dasturiy vositalar va dasturlarni joriy qilishda ishtirok etadi;
  • ishlab chiqarilayotgan multimedia ta’lim resurslarini pedagogik maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar beradi;
  • ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid tartiblar, qo‘llanmalar ishlab chiqilishini va ularning joriy etilishini ta’minlaydi;
  • elektron resurslarni yaratish, ekspertiza qilish, tajribadan o‘tkazish, ta’limda samarali foydalanilishi bo‘yicha Respublika ta’lim markazi  metodistlari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
  • tajriba-sinov maydonchalari bilan ishlaydi. Yaratilayotgan elektron resurslarning umumta’lim maktablarida predmet o‘qituvchilari tomonidan ta’limga tatbiq etilishida amaliy yordam ko‘rsatadi. O‘qituvchilarning resurslar haqidagi fikrlarini o‘rganadi va kamchiliklarni bartaraf etilish choralarini ko‘radi;
  • o‘tkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etadi;
  • markazning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy va texnik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi va uni muvofiqlashtiradi.

Scroll to Top