Innovatsiyalar va loyihalarni muvofiqlashtirish bo'limi

   Innovatsiyalar va loyihalarni muvofiqlashtirish bo‘limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.


  Bo‘lim xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ta’lim sohasidagi davlat siyosati va manfaatlarini namoyon qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Bo‘lim innovatsiya jarayonining turli bosqichlarida ishtirok etadigan turli idoralar vakillarini o‘z ichiga olgan maxsus muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar – kengashlar, qo‘mitalar yaratishda ishtirok etadi.
  • Nazorat punktlarida bo‘limlar loyihalarining natijalarini aks ettiruvchi hujjatlardan tashkil topgan hisobotlar tizimini boshqaradi, barcha bo‘lim boshliqlari uchun tizimdagi hisobotlarning ochiqligini ta’minlaydi.
  • Ma’muriy axborot tizimini boshqaradi, loyihalarning borish jarayonini  nazorat qiladi. Maxsus ma’lumotlarning taqdimoti va tahliliga ixtisoslashgan tizimlarning nomlari, maqsad va vazifalarini umumlashtiradi.
  • Rejalashtirilgan kommunikatsiyalarning yuqori intensivliligini ta’minlaydi, bo‘limning innovatsion faoliyatida xodimlarning ikki cheklovli bosqichda – ishlab chiqish bosqichi va amalga oshirish bosqichi, ya’ni bir bosqichda loyihani ishlab chiquvchilar va ikkinchi bosqichda uni amalga oshiruvchilar ishini muvofiqlashtiradi. 
  • Xalq ta’limi tizimida axborotlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash uchun javob beradi. Belgilangan vazifalarning zarur darajada bajarilmasligi mas’ul xodimlarning Qonunga va Markaz ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq javobgarligini keltirib chiqaradi.

 

Scroll to Top