Axborot tizimlari va elektron ta’lim resurslarini joriy etish bo‘limi
Axborot tizimlari va elektron ta’lim resurslarini joriy etish bo‘limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.

- xalq ta’limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish;
- elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ko‘paytirish;
- ta’lim sohasiga oid dasturiy ta’minotlarni yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
- elektron axborot-ta’lim resurslarining animatsiya va dizaynlarini tayyorlash;
- sohaga oid ma’lumotlar bankini yaratish va rivojlantirish;
- kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazasini tayyorlash va ko‘paytirish;
- ta’lim tizimiga oid bannerlar, infografikalarning dizaynlarini tayyorlash;
- vazirlik miqyosida AKTga oid masala va muammolarning yechimida qatnashish va takliflar kiritishni amalga oshirish;
- ta’lim muassasalari uchun dasturiy tizimlar va elektron axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq va ssenariylarini tayyorlashda qatnashadi;
- xalq ta’limi tizimida axborotlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha respublika miqyosida tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;
- xalq ta’limi tizimiga tavsiya etilayotgan dasturiy mahsulotlar, elektron darsliklarning sifati bo‘yicha nizom va texnik talablar asosida xulosalar tayyorlashda ishtirok etadi;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturiy tizimlar va ta’lim beradigan resurslardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
- o‘z xodimlarini tegishli xorijiy tashkilotlar, muassasalarga tajriba almashish va malaka oshirish uchun yuboradi;