Multimedia studiyasi bo'limi
Multimedia studiyasi bo'limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.

Bo‘lim xalq ta'limi tizimini rivojlantirish va isloh qilish, sohadagi davlat siyosati va manfaatlarini namoyon qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ko‘paytirish;
- sohaga oid media mahsulotlar bazasini yaratish va rivojlantirish;
- video, foto, audio mahsulotlar tayyorlash;
- montaj ishlarini bajarish;
- markaz rahbariyati tomonidan belgilangan zamonaviy talablarga javob beruvchi axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- yagona davlat axborot siyosatini amalga oshirish uchun boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish;
- ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
- markaz faoliyatini va xalq ta’limi tizimini mamlakatning barcha hududlarida keng ommaviylashtirishda ishtirok etish.