Axborot xavfsizligi va server maydonchasini boshqarish bo'limi
Axborot xavfsizligi va server maydonchasini boshqarish bo'limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.

Bo‘lim xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ta’lim sohasidagi davlat siyosati va manfaatlarini namoyon qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Xalq ta’limi rasmiy sayti, axborot-ta’lim portali va axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash;
- vazirlik korporativ pochta tizimini boshqarish;
- serverlarning doimiy ishchi holatini nazorat qilish va favqulotda holatlarda qisqa fursatda ularning ishchi holatini ta’minlash;
- kompyuter, tarmoq va telekommunikatsiya qurilmalari hamda zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashda ishtirok etish;
- tarmoqli va amaliy dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish va sozlash;
- ta’lim muassasalarining xalqaro va mahalliy axborot tarmoqlariga ulanishiga ko‘maklashish;
- xalq ta’limi tizimida axborotlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- xavfsizlik tizimlari, jumladan, videokuzatuv o‘rnatish, loyihalash, foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
- xalq ta’limi tizimiga tavsiya etilayotgan axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar bo‘yicha dasturiy mahsulotlarga, elektron axborot ta’lim resurslarining sifati bo‘yicha texnik talablar asosida xulosalar berish yoki xulosalar tayyorlashda ishtirok etish;
- kompyuter asbob-uskunalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim beradigan resurslardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashda qatnashish.