Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari o‘quv jarayonini avtomatlashtirish

       

        Loyihaning maqsad va vazifalari

   Xalq ta’limi  xodimlarini  qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarining o‘quv jarayonini avtomatlashtirishning  maqsad va vazifalari quyidagilardan iborot:

  • Xalq ta’limi tizimi xodimlarini  qayta tayyorlash va malakasini oshirishda  xalqaro tajribalarni tahlil qilish.
  • Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining  o‘quv rejalari va dasturlarini xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish.
  • Takomillashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq o‘qitishning masofaviy  usullardan keng foydalanib o‘quv jarayonini avtomatlashtirish.
  • O‘quv rejalari va dasturlari asosida har bir fandan  elektron ta’lim resurslari va to‘liq hajmda video darslarni yaratish.
  • Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarini qabul qilish, davomatini hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini onlayn kuzatish hamda hududlar va fanlar kesimida malaka oshirishganligini  monitoring qilish axborot tizimini ishlab chiqish.

 

Scroll to Top