O‘quvchilarni axborot texnologiyalari sohasida kasbga yo‘naltirishning milliy tizimi (IT NATION)
Loyihaning maqsad va vazifalari
“O‘quvchilarni axborot-texnologiyalar sohasida kasbga yo‘naltirishning milliy tizimi(IT NATION)”ni joriy etishning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xalqaro mehnat bozori talablari asosida axborot-texnologiyalar sohasida kasbga tayyorlash;
- IT NATION umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot-texnologiyalari fanining o‘qitilishini xalqaro talablar darajasida o‘quv–metodik ta’minlash;
- o‘quvchilarni axborot-texnologiyalar sohasida kasbga yo‘naltirishning milliy tizimini amaliyotga joriy etish;